“Sputnik V” dunyoda eng ko‘p odamlar biladigan vaksina deb e’tirof etildi

O‘tkazilgan so‘rovda dunyoning to‘qqizta mamlakatlarining 10 ming nafarga yaqin fuqarolari qatnashgan.
Sputnik
TOShKENT, 24 mar — Sputnik. Rossiyaning koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaksinasi dunyoda eng ko‘p odam biladigan vaksina bo‘ldi. Bu haqda Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi YouGov kompaniyasi so‘rov natijalariga tayangan holda xabar qildi.
O‘tkazilgan so‘rovda dunyoning to‘qqizta mamlakatlarining 10 ming nafarga yaqin fuqarolari qatnashgan. So‘rovda ishtirok etganlarning yarmi (54 foizi) Rossiyani vaksina ishlab chiqarishda eng ko‘p ishonchga ega bo‘lgan mamlakat deb aytgan. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlardan mos ravishda AQSh va Buyuk Britaniya joy olgan.
“Sputnik V” eng ko‘p taniladigan vaksina hisoblanadi – so‘rovda ishtirok etganlarning 10 nafardan 7 nafari (74 foizi) Rossiya vaksinasi haqida xabardor”, - deyilgan xabarda.
"Sputnik V" dunyodagi mashhur vaksinalar reytingida ikkinchi o‘rinni egalladi
Tadqiqot ishtirokchilarning har uchdan biri (33,2 foizi) “Sputnik V” vaksinasi bilan emlanishga tayyorligini bildirgan.
“Dunyoning turli burchaklaridagi YouGov so‘rovi natijalari yana bir bor respondentlarning Rossiyaga vaksina ishlab chiqaruvchisi sifatida va “Sputnik V”ga bo‘lgan yuqori ishonchini namoyon etadi. Rossiya ilm-fanining misli ko‘rmalmagan yutuqlari tufayli Sputnik V” butun dunyo bo‘ylab odamlar hayotini qutqaradi, uni 50 dan ziyod mamlakat ma’qulladi”, - dedi jamg‘arma bosh direktori Kirill Dmitriyev.