Toshkent shahar sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshqarmasining immunoprofilaktika bo‘limi mudiri Vazira Mutalova Sputnik O‘zbekiston muxbiri bilan suhbatda O‘zbekistonda ommaviy emlash jarayoni qanday kechishi, kimlar birinchi va qay tartibda emlanishi haqida batafsil so‘zladi.
Ushbu jarayon uchun xodimlar tayyorgarlikdan o‘tkazilgan. O‘zbekiston bo‘yicha 3000ga yaqin vaksinalash markazlari tayyor holatga keltirilgan: ularning barchasida vaksina saqlash omborxonalari mavjud. Omborxonalar vaksina saqlanadigan kameralar bilan ta’minlangan.
Misol uchun, Toshkent shahar sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatiga qarashli vaksina saqlanadigan omborxona ikkita katta hajmli (30 kubometrli) kamera bilan jihozlangan.
“Ushbu omborxonalarda elektr ta’minoti uzluksiz bo‘ladi”, - deydi Mutalova.
Birinchi navbatda emlanadigan kontingent kimlar, umuman, emlash tartibi qanday va emlangandan keyin fuqarolar qanday qoidalarga rioya qilishlari kerakligi haqida Sputnik muxbiri video-reportajida tomosha qiling.
Video-reportaj Sputnik O‘zbekiston xalqaro axborot agentligi va O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati hamkorligida tayyorlandi.