O‘zbekiston-Gana bahsi qirg‘izistonlik hakamlarga ishonib topshirildi

Namangandagi “Markaziy” stadionda o‘tadigan mazkur bahsni qirg‘izistonlik FIFA referisi Dayirbek Abdildayev boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqaradi
Sputnik
TOShKENT, 24 mar — Sputnik. 26 mart kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasining Gana vakillariga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini qirg‘izistonlik hakamlar boshqaradi. Bu haqda O‘FA xabar qilmoqda.
Namangandagi “Markaziy” stadionda o‘tadigan mazkur bahsni qirg‘izistonlik FIFA referisi Dayirbek Abdildayevboshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqaradi. Hakamlar nazoratchisi sifatida Bahodir Qo‘chqorov faoliyat olib boradi.
Bosh hakam: Dayirbek Abdildayev (Qirg‘iziston)
Yon hakamlar: Sergey Grishchenko (Qirg‘iziston), Ismoilxon Tolipjonov (Qirg‘iziston)
Zaxira hakami: Nurzutbek Askat o‘g‘li (Qirg‘iziston)
Hakamlar nazoratchisi: Bahodir Qo‘chqorov (Qirg‘iziston)