Nurafshonda yangi Davlat xizmatlari markazi ochildi

Nurafshon shahridagi yangi Davlat xizmatlari markazi o‘z eshiklarini ochdi
Sputnik
TOShKENT, 24 mar — Sputnik. Nurafshon shahridagi yangi Davlat xizmatlari markazi ochildi.
Bu yerda elektron navbat tizimi, axborot kiosklari, elektron xizmatlardan mustaqil foydalanish burchagi, bolalar o‘yin maydonchasi, bufet, kichik kutubxona va Wi-Fi mavjud.
Nurafshane otkrilsya noviy sentr gosuslug
Tashrif buyuruvchilarning davlat xizmatlaridan mustaqil foydalanishning turli imkoniyatlaridan xabardorligini oshirish uchun axborot stendlari va posterlar mavjud.
Bu yerda boshqa DXMlar kabi aksariyat davlat xizmatlaridan eksterritorial tamoyil asosida, ya’ni yashash va turgan joydan qat’iy nazar foydalanish mumkin.