Bir oydan ko‘proq vaqt o‘tib O‘zbekistonda yana kovid qurboni qayd etildi

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 1010 nafar bemor davolanmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 24 mar — Sputnik. Kecha O‘zbekistonda yana 119 kishida koronavirus aniqlandi. Kasallanganlar soni 81 678 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qilmoqda.
Yangi kasallanganlarning 1 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida, 1 nafari Andijon viloyatida, 4 nafari Buxoro viloyatida, 1 nafari Jizzax viloyatida, 2 nafari Namangan viloyatida, 1 nafari Samarqand viloyatida, 2 nafari Farg‘ona viloyatida, 1 nafari Xorazm viloyatida, 13 nafari Toshkent viloyatida, 93 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Otabekov: bolalarda aniqlanayotgan koronavirusda britancha shtamm ishtirokini inkor qilmaymiz
Shuningdek, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 623 nafarga yetdi. Qayd etish joizki, mamlakatda oxirgi qurbon 10-fevral kuni kuzatilgan edi.
Kasallikdan jami 80 045 (+96) kishi sog‘aygan va sog‘ayish ko‘rsatkichi 98 foizni tashkil qilmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1010 nafar bemordan 191 nafari og‘ir, 85 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.