TOShKENT, 23 mar — Sputnik. Rossiya Markaziy banki 2025-yilga kelib banknotalarning dizaynini o‘zgartirib, qayta chiqarishni rejalashtirmoqda.
Banknotlarda Rossiyadagi federal okruglarining diqqatga sazovor joylari paydo bo‘ladi, deb xabar beradi RIA Novosti.
Obyektlarni tanlash bo‘yicha umuxalq ovoz berish rejalashtirilmagan, deb ma’lum qilishdi MBda.
Dizaynni ishlab chiqish jarayonida mutaxassislar jalb qilinadi, ular o‘z navbatida bu masala bo‘yicha munozaralar o‘tkazib, aholi fikri o‘rganiladi.
Yangi 10 rubl banknotada Novosibirsk, 500 rublda - Patigorsk, 1000 rublda - Nijniy Novgorod, 5000 rublda - Yekaterinburg tasvirlanadi.
Peterburg va Moskva 50 va 100 rubl banknotalarda qoladi.