Patrushev: migrantlar oqimi Uralda islomiy radikallar faollashuviga olib kelmoqda

Patrushevning ta’kidlashicha, 2017-yildan Ural okrugida 26dan ziyod terroristik tashkilotlar yacheykalari aniqlangan, ekstremistik jinoyatlar soni esa 2,5 barobar oshgan.
Sputnik
TOShKENT, 23 mar – Sputnik. Chet ellik mehnat migrantlarining nazoratsiz oqimda kirib kelishi Uralda islomiy radikallar va ular yacheykalarining faollashuviga olib kelmoqda, deb bayonot qildi RF Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev.
Shuningdek, bu holat Uraldagi terrorchilik tashkilotlarining "uyqudagi" yacheykalari soni oshishiga olib keladi, dedi Xanti-Mansiyskdagi Ural federal okrugi milliy xavfsizlikni ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda Patrushev.
ShHT: maxsus xizmatlar 2-yillik terrorizmga qarshi kurashish dasturini ma’qullashdi
“Chet el mehnat migrantlari oqimining nazoratsiz ko‘payishi, shu jumladan, terroristik faollashuv darajasi yuqori bo‘lgan davlatlardan ham, radikal islomiy tashkilotlarning “uyqudagi” yacheykalari shakllanishiga yordam bermoqda”, - dedi Patrushev.
Natijada, migrantlar ko‘proq yashaydigan joylarda ziddiylashuv o‘choqlari oshib bormoqda.
Uning eslatishicha, 2017-yildan Ural okrugida 26dan ziyod terroristik tashkilotlar yacheykalari aniqlangan, ekstremistik jinoyatlar soni esa 2,5 barobar oshgan.