Nega O‘zbekistonlik talabalarga Rossiyaga kirishga ruxsat berilmayapti

Bir necha kun oldin 25 davlat talaba va aspiratnlariga Rossiya hududiga kirishga ruxsat berilgan edi, lekin O‘zbekiston va Tojikiston ular qatoriga kiritilmagan.
Sputnik
TOShKENT, 22 mar — Sputnik. Rossiya Davlat Dumasining Ta’lim bo‘yicha qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Lyubov Duxanina Sputnikka O‘zbekiston va Tojikistonlik talabalar nima sababdan hozircha Rossiyaga kira olmasliklariga izoh berdi.
Eslatib o‘tamiz, bir necha kun oldin Rossiya hukumati 25ta davlat talaba va aspiratnlariga Rossiya hududiga kirishga ruxsat bergan edi. Xabarda aytilishiga ko‘ra, bu Rospotrebnadzor xulosasiga ko‘ra amalga oshirilgan.
O‘zbekiston va Tojikiston ular qatoriga kiritilmagan edi.
Lyubov Duxanina aytishiga ko‘ra, bunga sabab “nafaqat bir sutkada kasallanayotgan kishilar soni, balkim mamlakatda koronavirus profilaktikasi, diagnostikasi va davolashning umumiy ahvoli ham hisobga olingan”.
Rospotrebnadzor doimiy ravishda Rossiyaga talabalar kirishi mumkin bo‘lgan davlatlar ro‘yxatini doimiy ravishda yangilab turishini ma’lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, bugungi kunda respublikada jami 81 446 kishi koronavirus bilan kasallangan. Ulardan 79 884 kishi tuzalib ketgan, 622 – vafot etgan. So‘nggi kutkada kasallanganlar soni 107 kishini tashkil qilgan.