O‘zbekistonlik go‘zal birinchi vitse-miss unvoniga sazovor bo‘ldi

O‘zbekistonlik go‘zal Qozondagi tanlovda birinchi vitse-miss unvoniga sazovor bo‘ldi.
Sputnik
TOShKENT, 23 mar — Sputnik. O‘zbekistonlik Yuliya Kim Qozonda o‘tkazilgan “Navro‘z go‘zali-2021” tanlovida birinchi vitse-miss unvoniga sazovor bo‘ldi, deb xabar qildi "Tatar-inform" portali.
Navro‘z bayrami munosabati bilan o‘tkazilgan tanlovda Tatariston, O‘zbekiston, Tojikiston, Qirg‘iziston va Boshqirdiston qizlari ishtirok etdi.
Tatariston eng go‘zali: toj kimga nasib qildi - foto
Tanlov g‘oliblikni qozog‘istonlik Karina Kabdullina qo‘lga kiritdi. Qirg‘izistonlik Diana Zulpuyeva ikkinchi vitse-miss unvoniga loyiq deb topildi.
Tataristonlik Kamilla Ravilova bayramning eng kamtar go‘zali deb topildi. Tojikistonlik Sabrina Borzova “eng maftunkor” maqomini oldi. Boshqirdistonlik Yana Anvarova “tomoshabin muhabbati” nominatsiyasida g‘olibasiga aylandi.