O‘zbek va turk maxsus bo‘linmalari Afg‘oniston bilan chegarada mashg‘ulot o‘tkazmoqda

Termiz dala-o‘quv maydonida O‘zbekiston va Turkiya Qurolli Kuchlarining maxsus bo‘linmalari bilan hamkorlikdagi maxsus-taktik mashg‘ulotlari boshlandi.
Sputnik
TOShKENT, 23 mar — Sputnik. O‘zbekiston va Turkiya Qurolli Kuchlarining maxsus bo‘linmalari Termiz dala-o‘quv maydonida mashg‘ulotlarga kirishdi. Bu haqda O‘zbekiston Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Uzbeksko-tureskie voyennie ucheniya na poligone "Termez"
Ikki mamlakat maxsus bo‘linmalari bilan hamkorlikdagi maxsus-taktik o‘quvining tantanali ochilish marosimida O‘zbekiston Mudofaa vazirligi boshqarma boshlig‘i polkovnik Laziz Usmonov, Janubiy operativ qo‘mondonligi boshlig‘i polkovnik Po‘lat Sativaldiyev va Turkiya maxsus operatsiya kuchlari brigadasi komandirining o‘rinbosari polkovnik Rushtu To‘redi va ikki davlat harbiy xizmatchilari ishtirok etdi.
Uzbeksko-tureskie voyennie ucheniya na poligone "Termez"
Dala-o‘quv maydonida davom etgan o‘quvlarda harbiy xizmatchilar tajriba almashish uchun 15 kilometr majmuaviy maxsus taktik yo‘lagidan o‘tish, jangovar ikkilik, uchlik va to‘rtlik tarkibida yaqin jang elementlari bo‘yicha ko‘rgazmali amaliy maxsus o‘q otish va qiyin sharoitlarda yashovchanlik holatlari bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarga jalb etildi.
Uzbeksko-tureskie voyennie ucheniya na poligone "Termez"
Shuningdek, poligonda ishtirokchilar maxsus-taktik o‘quvi savollari bo‘yicha mashg‘ulotlar olib borishdi hamda o‘zbek va turk harbiylari o‘rtasida sport musobaqalari o‘tkazildi.
Uzbeksko-tureskie voyennie ucheniya na poligone "Termez"
Hamkorlikdagi maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotlari 27-mart kuniga qadar davom etadi.