Lavrov dollardan voz kechishga chaqirdi

Rossiya tashqi ishlar vaziri Amerika dollaridan voz kechish zarurligini ma’lum qildi.
Sputnik
TOShKENT, 23 mar — Sputnik. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Xitoy OAVlariga bergan intervyusida Amerika dollaridan foydalanishdan voz kechish zarurligini ma’lum qildi.
Rossiya TIV rahbarining fikriga ko‘ra, Rossiya va Xitoy tomonidan o‘zining texnologik qaram emasligini mustahkamlashi, milliy va muqobil valyutalar hisob-kitobiga o‘tishi sanksiya xatarlarini pasaytirishga yordam beradi.
“G‘arb nazorat qilayotgan xalqaro to‘lov tizimlaridan foydalanishdan yiroqlashish lozim”, - dedi Lavrov.
ShHT dollardan voz kechishga jiddiy kirishdi
Rossiya va Xitoy o‘zining mustaqilligini mustahkamlab, biror bir kishining “injiqligiga” boshqa qaram bo‘lmaydi.
“Ular (G‘arblik hamkorlar – tahr.) boshqa rivojlangan mamlakatlarni tutib turish evaziga o‘zining ustuvorligini saqlashga yo‘naltirilgan mafkuraviylashgan kun tartibini ilgari suradi”, - deya qayd etdi u.
Lavrov ammo bu siyosat “tarixning noto‘g‘ri tomonida turganini” qo‘shimcha qildi.