O‘zbekistonda aroq, konyak va vino narxi oshdi

Aroq, konyak, vino va boshqa alkogolli mahsulotlarning minimal narxi oshdi.
Sputnik
TOShKENT, 23 mar — Sputnik. O‘zbekiston Moliya vazirligining qaroriga asosan 20-martidan boshlab aroq, konyak, vino va boshqa alkogolli mahsulotlarning minimal narxi oshdi.
Hujjatga muvofiq, spirtli ichimliklarning quyidagi narxlari belgilandi:
Vinoning 1 litr tayyor mahsuloti uchun:
ishlab chiqaruvchi korxonalarning eng kam ulgurji-sotish narxi – 11 200 so‘m (ilgari 9 400 so‘m);
eng kam chakana narx – 13 200 so‘m (ilgari 11 200 so‘m).
Konyakning 1 litr tayyor mahsuloti uchun:
Ishlab chiqaruvchi korxonalarning eng kam ulgurji-sotish narxi – 41 200 so‘m (ilgari 33 000 so‘m);
eng kam chakana narx – 49 400 so‘m (ilgari 39 000 so‘m).
Aroq va boshqa alkogolli mahsulotlarning 1 litr tayyor mahsuloti uchun:
Ishlab chiqaruvchi korxonalarning eng kam ulgurji-sotish narxi – 28 600 so‘m (ilgari 24 000 so‘m);
eng kam chakana narx – 34 400 so‘m (ilgari 28 500 so‘m).