AQShda yana ommaviy qotillik yuz berdi

AQShda ommaviy qotilliklar yana sodir bo‘la boshladi. Bu safar Denverdagi supermarketda 10 kishi otib o‘ldirildi. Politsiya 1 kishini hibsga olgan.
Sputnik
TOShKENT, 22 mar — Sputnik. AQShning Kolorado shtati Denver shahrida 22-mart kuni ommaviy qotillik yuz berdi. Qurollangan qotil dushanba kuni shahar markazida joylashgan gavjum King Soopers supermarketiga hujum uyushtirdi.
Sepermarket parkovkasida va magazin ichida 10 kishi otib o‘ldirilgan. Ular orasida voqea joyiga birinchi bo‘lib yetib kelgan 51 yoshli politsiya xodimi – Erik Talli ham bor.
Ushbu ommaviy qotillikda ayblanayotgan bir kishi yaralangan va qo‘lga olingan. Shatat politsiyasi hozircha uning ismini oshkor qilgani yo‘q. Shuningdek politsiya qurbonlar shaxsini ham ochiqlagani yo‘q.
Ushbu hujum Kolorado shtati aholisini larzaga soldi. Chunki bir necha yil oldin bu yerda 2ta dahshatli hujumlar amalga oshirilgan edi. 1999-yilda Kolumbayn o‘rta maktabidagi ommaviy qotillik va 2012-yilda Avrora kinoteatriga uyushtirilgan hujum hali ham barchaning esida.
AQShda 21-yoshli fuqaro 8 kishini otib o‘ldirdi
AQShda bu yil so‘nggi marotaba ommaviy qotillik 16-mart kuni sodir bo‘lgan edi, o‘shanda Atlanta shtatida oq tanli 3ta SPA salonga bostirib kirib 8 nafar osiyolik ishchilarni otib o‘ldirgan edi.
Aytish joizki, so‘nggi vaqtlarda AQShda osiyoliklarga nisbatan amalga oshirilayotga hujumlar soni keskin oshgan. Ayniqsa 2020-yilning mart oyidan boshlab.
Eslatib o‘tamiz, Koronavirus pandemiyasi boshlanganida AQSh prezidenti Donald Tramp ushbu pandemiya kelib chiqishida to‘g‘ridan - to‘g‘ri Xitoyni ayblagan, koronavirusni "xitoy virusi" deb atagan edi. Shundan so‘ng butun AQSh bo‘ylab osiyoliklarga nisbatan tajovuzlar soni oshgan va ular bugunga qadar davom etib kelmoqda.