TOShKENT, 22 mar — Sputnik. Rossiya Tergov qo‘mitasi fashistlarning tinch aholiga nisbatan vahshiyliklari to‘g‘risidagi jinoiy ishlarni bitta - SSSR xalqlariga qarshi amalga oshirilgan genotsid haqida yagona jinoyat ishiga birlashtirishga qaror qildi, dedi Tergov qo‘mitasi rahbari Aleksandr Bastrikin RIA Novostiga bergan intervyusida.
Qo‘mita rahbariga ko‘ra, Novgorod viloyati Jestanaya Gorka qishlog‘ida sodir bo‘lgan ommaviy qatliomlar to‘g‘risida,SS-10 "a" Zonderkomandaning a’zolari tomonidan Yeysk bolalar uyida sovet fuqarolarini yo‘q qilish jazo operatsiyalari, unda 200 nafardan ortiq bola o‘ldirilgan, shuningdek, Pskov viloyatining Moglino qishlog‘i va Simferopol tumanidagi sobiq konslagerlarda saqlanayotgan odamlarni o‘ldirish holatlari haqida gap ketmoqda.
Bundan tashqari, jinoyat ish yurutiviga 1942-yilda Rostov viloyatida tinch aholini qatl etish ishlarini kiritildi, bu yerda Shaxti shahri, Zmiyovskaya Balka qishlog‘i va Morozov tumani yaqinida 30 mingdan ortiq kishi otib o‘ldirilgan.
"Shafqatsiz jazolash harakatlarining ko‘lami va sovet ittifoqi respublikalarining tinch aholisini butunlay yo‘q qilishga qaratilgan qilmishlari haqida olingan dalillarni hisobga olgan holda, TQ Sovet Ittifoqi xalqlarini nemis-fashistlar bosqinchilar tomonidan amalga oshirilgan genotsid yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atishga qaror qildi”, - dedi Tergov qo‘mitasi rahbari.