Rossiya SWIFTdan uzib qo‘yiladimi – Kreml izohi

Kreml har qanday sanksiyalar tahdidlarini, shu jumladan Rossiyani SWIFTdan uzib qo‘yilishini istisno etmaydi – Peskov.
Sputnik
TOShKENT, 22 mar — Sputnik. Kreml har qanday sanksiyalar tahdidlarini, shu jumladan Rossiyani SWIFTdan uzib qo‘yilishini istisno etmaydi, deb aytdi jurnalistlarga prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
"Siz raqiblarimizning, ayniqsa AQShning sanksiyalarga intilishlari davom etayotganini ko‘rmoqdasiz. Bu harakatlar asossiz va oldindan aytib bo‘lmaydi", - dedi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu vaziyat ogoh bo‘lishga majbur qiladi.
Kreml "Putin qasri" haqidagi xabarlar yuzasidan izoh berdi
SWIFT - bu to‘lovlarni amalga oshiradigan va ma’lumotlarni uzatish xalqaro banklararo tizim. Bunga 200 ga yaqin davlatlarda 11 mingdan ortiq yirik tashkilot ulangan.
O‘tgan yil oxirida Reuters AQShning yangi prezidenti Jo Bayden administratsiyasi Amerika hukumat idoralariga qilingan kiberhujumlarda qatnashgani uchun Rossiyaga qarshi sanksiyalarning turli variantlarini ko‘rib chiqayotgani haqida xabar bergan edi. Eng jiddiy choralardan biri SWIFTdan uzib qo‘yish deb aytilayotgandi.
Rossiyani SWIFTdan uzib qo‘yish fikri Ukrainaning sobiq prezidenti, Donbassdagi vaziyatni hal qilish bo‘yicha aloqa guruhi Kiyev delegatsiyasi rahbari Leonid Kravchuk ham ilgari surilgan.
Xavfsizlik Kengashi raisining o‘rinbosari Dmitriy Medvedevga ko‘ra, bunday uzib qo‘yish mumkin, ammo Rossiyada buning uchun harakat rejasi mavjud.