TOShKENT, 22 mar — Sputnik. Rossiya prezidenti, seshanba, 23-mart kuni koronavirusga qarshi emlanishini ma’lum qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.
Shuningdek, Rossiya rahbari mamlakatdagi emlash bilan bog‘liq ish qanday borayotgani haqida ma’lumot berdi. Hozirda 6,3 million fuqaro vaksinaning birinchi dozasini (ikki komponentli vaksina) olgan.
4,3 million rossiyaliklar to‘liq kovidga qarshi emlangan.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya koronavirusga qarshi o‘zining uch vaksinasiga ega: “Sputnik V”, “Epikvakkorona” va “KoviVak”. Rossiya aholisini ommaviy ravishda dunyoda birinchi bo‘lib ro‘yxatga olingan “Sputnik V” bilan emlash ishlari olib borilmoqda.