TOShKENT, 22 mar — Sputnik. YuNESKO yaqin o‘n yillikda suv resurslarining global tanqisligi yuzaga kelishini prognoz qilmoqda. Bu haqda tashkilot saytida chop qilingan ma’ruzada bayon qilingan.
Olingan hisob-kitoblarga ko‘ra, insoniyat 2030-yilga kelib 40 foiz miqdorida global suv tanqisligiga yuz tutadi.
Ta’kidlanishicha, global xususiyatga ega boshqa muammolar vaziyatni yana og‘irlashtiradi.
YuNESKO ma’lumotlariga ko‘ra, koronavirus pandemiyasi keltirib chiqargan dunyo inqirozi aholini suv bilan ta’minlash muammosini yanada ravshanroq qilgan. Ma’lum qilinishicha, bugungi kunda 2 milliarddan ziyod kishi sudan erkin foydalana olmaydi.
Ma’ruza mualliflari bugungi kunda suv zaxiralarini saqlab qolish uchun yetarlicha sa’y-harakat qilinmayapti deb hisoblashadi. Shu bois YuNESKO suv qiymatini nafaqat uning bozor narxi, balki uning tarqatilishi olib keladigan naflarni hisobga olib baholash inobatga olingan modelni ishlab chiqishga chaqirgan.