Bahor keldimi? Qishki uyqudan uyg‘onayotgan jonivorlar

Bahor fasli yon-atrofga o‘z sepini yoyayotgan bir paytda qishda uyquga ketgan hayvonlar birin-ketin uyg‘onmoqda.
Sputnik
Yekaterinburg hayvonot bog‘idagi ayiq bahorni katta zavq bilan qarshi olmoqda. Uning moskvalik do‘sti esa uyg‘onishga shoshilmayapti. Biroz tanballik qilib, yana bir muddat mizg‘ib olishni afzal bilmoqda.
Leningrad hayvonot bog‘idagi sug‘ur ham ko‘zlarini ishqalib, qishki uyqudan uyg‘ondi.