TOShKENT, 21 mar — Sputnik. Rossiyada joriy yilning ikki oyi davomida xorijliklar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar sodir etgan jinoyatlar soni o‘sdi. Bundan Rossiya IIV statistikasidagi raqamlar dalolat bermoqda.
“Rossiya Federatsiyasi hududida chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan 6,2 mingta jinoyat sodir etilgan. Bu 2020-yil yanvar-fevral oyiga qaraganda 1,9 foizga ko‘proq”, - deyilgan xabarda.
Shulardan 4,8 mingta jinoyatni MDH fuqarolari sodir etgan va bu 12,6 foizga kam.
IIV hisobotidan ma’lum bo‘lishicha, Rossiyada chet el fuqarolariga nisbatan jinoyatlar soni 8,4 foizga kamaygan. Ikki oy davomida 2,3 mingta shunga o‘xshash jinoyat qayd etilgan.
Rossiyada yanvardan fevral oyiga qadar 137,2 ming kishi jinoyat sodir etilgani aniqlangan. Bu o‘tgan yilning mos davriga qaraganda 2,2 foizga kam.