Bayden vitse-prezident Kamala Harris o‘zidan aqlliroq ekanini aytdi

Jo Bayden ilgari bir necha marta Kamalani AQSh prezidenti deb atagandi, bu gal esa uni o‘zidan ko‘ra aqlliroq deb hisobaladi.
Sputnik
TOShKENT, 21 mar — Sputnik. AQSh prezidenti Jo Bayden vitse-prezident Kamala Harris undan aqlliroq ekanini ma’lum qilmoqda, deb xabar qildi RIA Novosti.
Bayden Harrisni Atlanta kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi xodimlariga tanishtirayotib, uni o‘zidan aqlliroq deb hisobladi.
Jorjiya shtatiga safar chog‘ida davlat rahbari nutq so‘zladi, keyinroq Harrisga darhol so‘z berishi lozimligini aytdi.
“Men buni qilmasligim kerak edi, chunki mendan aqlliroq bo‘lgan vitse-prezidentimga so‘z bermoqchi edim”, - dedi Bayden.
Bayden AQSh mudofaa vazirining ismi va Pentagon nomini esidan chiqarib qo‘ydi
Harris hazil tariqasida “bu yerda qo‘shimcha qiladigan hech narsa yo‘qligini” ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jo Bayden Kamala Harrisni bir necha bor AQSh prezidenti deb atagandi. Bayden 20-yanvar kuni Amerika rahbari vazifasini bajarishga kirishdi, Harris esa vitse-prezident lavozimni egalladi.