TOShKENT, 21 mar — Sputnik. Andijon viloyati Asaka tuman xalq ta’limi bo‘limi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi. Unda tumandagi maktablardan birida o‘qituvchi o‘quvchini do‘pposlagani aks etgandi.
Ma’lum qilinishicha, holat Asaka tumanidagi 49-umumiy o‘rta ta’lim maktabida ro‘y bergan va bu tuman xalq ta’limi bo‘limi tomonidan o‘rganilgan.
Boshlang‘ich sinflarda tasviriy san’at va musiqa fanidan dars beruvchi o‘qituvchi U.M. o‘z o‘g‘li, ya’ni ushbu maktabning 4-b sinf o‘quvchisi M.I.ni do‘pposlagan.
Ta’kidlanishicha, o‘quvchi dars vaqtida so‘roqsiz uyiga ketib qolgan. Uning sinf rahbari Sh.E. o‘quvchini surishtirib, farzandini darsda ishtirok etmaganini hamkasbi M.U.ga aytgan. U esa esa achchiq qilib o‘z farzandini urgan.
Ushbu holat yuzasidan Asaka tumani tumani voyaga yetmaganlar komissiyasiga murojaat etilgan.