ShHT maxsus xizmatlari Toshkentda nimalar haqida kelishib olishdi - video

ShHT maxsus xizmatlari birgalikda terrorizm, ekstremizm va ayirmachilikka qarshi kurashishga kelishib olishdi.
Sputnik
TOShKENT, 19 mar - Sputnik. Toshkentda 18-mart kuni Shanxay hamkorligi tashkiloti davlatlarining maxsus xizmatlari aksilterror tuzilmasining 36-majlisi bo‘lib o‘tdi.
uchrashuv doirasida maxsus xizmatlar vakillari ekstremizm, terrorchilik va ayirmachilikka qarshi kurash borasida 18ta savollarni muhokama qilishdi.
Ular orasida birgalikda aksilterror o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazish hamda Toshkentda hududiy xavfsizlik muammolariga bag‘ishlangan katta anjuman o‘tkazish masalasi ham bor.
Uchrashuvda ShHT vakllari ekstremizm, terrorchilik va ayirmachilikka qarshi nafaqat kurashish, balkim ushbu jarayonlarning sabablarini aniqlash, ularni kuchayishini oldini olishga tayyorliklarini bildirishdi.
Batafsil videolavhamizda tomosha qiling.