Ikki yuz nafarga yaqin o‘zbekistonlik ishlash uchun Rossiyaga jo‘nab ketdi

Rossiya Federatsiyasining Amur viloyatidagi “PSP” MChJda ishlash uchun 197 nafar fuqaro Toshkent-Novosibirsk yo‘nalishi bo‘yicha jo‘nab ketdi.
Sputnik
TOShKENT, 18 mar — Sputnik. Rossiya Federatsiyasining Amur viloyatidagi “PSP” MChJda ishlash uchun 197 nafar fuqaro Toshkent-Novosibirsk yo‘nalishi bo‘yicha jo‘nab ketdi, deb xabar qildi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot xizmati.
V Amurskuyu oblast na rabotu pribili 197 grajdan respubliki Uzbekistan
Fuqarolarga odam savdosi bilan bog‘liq jinoyat qurboni bo‘lib qolishning oldini olish maqsadida tushuntirish berilib, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan materiallar tarqatildi.
Mehnat migrantlari Rossiyada belgilangan epidemiologik talablar va karantin cheklovlariga rioya qilgan holda qurilish obyektlarida ish boshlaydi.
V Amurskuyu oblast na rabotu pribili 197 grajdan respubliki Uzbekistan
Agentlik tomonidan ish beruvchi kompaniyalar va vakolatli tashkilotlar bilan muzokaralar natijasida erishilgan kelishuvlarga muvofiq chet elda ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonliklar qurilish, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishning turli sohalariga ishga jalb etilmoqda.