Koronavirus: yangi holatlar – eng ko‘p Toshkent va Toshkent viloyatida

O‘zbekistonda yana 124 kishida koronavirus aniqlandi, respublika bo‘ylab koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 81 095 nafarni tashkil qilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 19 mar — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat to‘g‘risida asosiy xabarlarni to‘pladi.
Yana 124 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 81 095 nafarni tashkil qilmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining: 2 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida, 1 nafari Andijon viloyatida, 5 nafari Buxoro viloyatida, 1 nafari Sirdaryo viloyatida, 1 nafari Surxondaryo viloyatida, 2 nafari Xorazm viloyatida, 13 nafari Toshkent viloyatida, 99 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Karantin yana keskinlashadimi? Atabekov javobi

Sog‘ayish ko‘rsatkichi

Respublika bo‘ylab jami sog‘ayganlar soni 79 631 nafarga yetdi. Sog‘ayish ko‘rsatkichi 99 foiz.
Ayni paytda 842 nafar bemorga belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. 141 nafari og‘ir, 23 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

O‘lim holatlari

O‘zbekistonda jami 622 kishi pandemiya qurboni bo‘ldi.

Dunyo salomatligi

Dunyo bo‘ylab infeksiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 120,9 milliondan oshdi, 2,7 milliondan ortiq kishi vafot etdi. Eng ko‘p holatlar AQShda (29,3 mln), Braziliyada (11,6 mln), Hindistonda (11,4 mln).