Bishkekda Navro‘z tantanalari bekor qilindi

Koronavirus infeksiyasi keskin tarqalishini oldini olish maqsadida Bishkekda Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan ommaviy tadbirlar o‘tkazish ta’qiqlandi.
Sputnik
TOShKENT, 19 mar - Sputnik. Bishkekda koronavirus tufayli Navro‘z bayramini nishonlashgan bag‘ishlangan tantanalar bekor qilindi. Bu haqida shahar meriyasi xabar qilmoqda.
"Koronavirus bilan kasallanish holatlari keng tarqalishini oldini olish maqsadida, shahar favqulodda epidemiologik komissiyasi tomonidan Bishkek shahri hududida Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan ommaviy tadbirlar o‘tkazmaslikka qaror qilindi", - deyilgan rasmiy xabarda.
Ma’lum bo‘lishicha, Bishkekda 18-mart kuni 2551 kishida koronavirus va pnevmoniya holatlari aniqlangan.
Ma’lumot uchun O‘zbekistonda ham Navro‘z bayramini nishonlashda barcha ehtiyot choralarini ko‘rish tavsiya etilgan. Toshkentda ham ommaviy tadbirlar o‘tkazish butunlay bekor qilinish ehtimoli bor.