Toshkent-Minsk yo‘nalishi bo‘yicha muntazam parvozlar amalga oshiriladi

24, 28 va 31-mart kunlari Belarusning Minsk shahriga muntazam parvozlar amalga oshiriladi.
Sputnik
TOShKENT, 18 mar — Sputnik. "Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi joriy yilning 24, 28 va 31-mart kunlari Belarusning Minsk shahriga muntazam parvozlarni amalga oshiradi. Bu haqda komaniya matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Aviachiptalarni kompaniyaning veb-saytida, “Uzbekistan airways sales” yoki aviakompaniya agentlarining ofislarida sotib olish mumkin.
Ekonom-klassdagi Toshkent-Minsk chiptalar narxi 4708 so‘mni tashkil etmoqda.