TOShKENT, 18 mar - Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatining Chinoz tumaniga borib, suv xo‘jaligida amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.
Chinoz tumanida suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish, bu sohaga xorijiy investitsiyalarni jalb etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilangan edi.
Shavkat Mirziyoyev pribil Chinazskiy rayon Tashkentskoy oblasti dlya oznakomleniya s rabotoy, provodimoy v vodnom xozaystve
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Chinoz tumani Yangiobod qishlog‘ida suv tejovchi texnologiyalarni tatbiq etish va 1 million 350 ming dollar investitsiya evaziga 850 gektar yer qayta o‘zlashtirilgan. Jami 202 ming kub metr sig‘imga ega 3 ta suv havzasi barpo etilib, ekinlarni tomchilatib sug‘orish amaliyoti yo‘lga qo‘yilgan.
Yangi qo‘riq yerning 702 gektariga qo‘shqator usulda, plonka ostida “Andijon-72” navli paxta ekiladi. Buning uchun zamonaviy seyalkalar olib kelingan. Ular chigit ekish bilan bir vaqtda tomchilatib sug‘orish shlanglarini o‘rnatib, plonka bilan yopib ketadi.
148 gektarda eksportbop poliz mahsulotlari yetishtiriladi. Jumladan, uning bir qismi ishsiz yoshlarga bo‘lib beriladi.
- Ekishdan oldin sotishni o‘ylash kerak. Yerni tadbirkorga berish zarur. Chunki u bozorni biladi, raqobatni biladi, - dedi Shavkat Mirziyoyev.
Qayta foydalanishga kiritilgan bu yerlarda 220 kishi doimiy, 1 ming 200 dan ziyod aholi mavsumiy ish bilan ta’minlanadi.
Shavkat Mirziyoyev pribil Chinazskiy rayon Tashkentskoy oblasti dlya oznakomleniya s rabotoy, provodimoy v vodnom xozaystve
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Ma’lumki, global iqlim o‘zgarishi tufayli suv resurslari taqchilligi yildan yilga kuchayib bormoqda. So‘nggi 50-yil davomida Markaziy Osiyodagi muzliklar maydoni taxminan 30 foizga qisqargan. Qishloq xo‘jaligi ekinlari asosan egatlab sug‘orilmoqda. Ko‘p yerlar lazerli uskuna bilan tekislanmagan. Kollektor-drenaj tarmoqlari eskirgan. Bularning oqibatida suv juda ko‘p isrof bo‘lmoqda.
Lekin ayni paytda aholi soni o‘sib, qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga talab ortmoqda. Shu bois davlatimiz rahbari suvni tejash, uning aniq hisobini yuritish va samarali foydalanish juda muhim.