Parkent tumani hokimi o‘zgardi

Shohrux Shoahmedov Parkent tumaniga hokim etib tayinlandi.
Sputnik
TOShKENT, 17 mar — Sputnik. Shohrux Shoahmedov Toshkent viloyati Parkent tumaniga hokim etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Shoahmedov 1979-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti – oliy. 2000-yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini, 2002-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini hamda 2004-yilda Sankt-Peterburg Fuqaro akademiyasini tamomlagan.
Parkent hokimining “Captiva” sotib olish to‘g‘risidagi farmoyishi bekor qilindi
Lavozimga tayinlangunga qadar Agrosanoat majmui va oziq-ovqat ta’minoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligining bosh direktori lavozimida faoliyat yuritgan.