Moskva-Toshkent yo‘nalishida maxsus poyezd qatnovi tashkil qilinadi

Pandemiya tufayli vataniga qaytib kelishda qiynalayotgan fuqarolar uchun Moskva va Voljskiy shaharlarida ikkita maxsus temiryo‘l qatnovi tashkil qilinadi.
Sputnik
TOShKENT, 17 mar - Sputnik. “Voljskiy – Toshkent” va "Moskva – Toshkent" yo‘nalishlarida maxsus poyezdlar qatnovi amalga oshiriladi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Koronavirus pandemiyasi vaqtida Rossiyada qolib ketgan o‘zbekistonliklarni olib kelish maqsadida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan navbatdagi maxsus poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yilmoqda. Jumladan:
“Voljskiy – Toshkent” yo‘nalishida harakatlanadigan 483/484- sonli poyezd 19-mart kuni Moskva vaqti bilan soat 20:50 da “Voljskiy stansiyasidan;
"Moskva – Toshkent" yo‘nalishida harakatlanadigan 476-sonli maxsus poyezd 22-mart kuni Moskva vaqti bilan soat 22:28 da “Kazanskaya” temir yo‘l vokzalidan jo‘naydi.
Yo‘lovchilarga chipta xarid qilishda qulaylik yaratish maqsadida chiptalarni elektron tarzda sotish yo‘lga qo‘yilgan.
Maxsus poyezd reysi bilan mingga yaqin fuqaro Rossiyadan olib kelindi
Voljskiy hamda Moskvadagi fuqarolarimizning yaqinlari O‘zbekistonda turib “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining veb-sayti orqali chiptalarni elektron tarzda xarid qilib, internet orqali ayni daqiqada Moskva hamda Voljskiydagi hamurtlarimizga jo‘natishlari ham mumkin.
Qo‘shimcha ma’lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l kassalari hamda ma’lumotlar burosidan bilib olishingiz mumkin.