Endi Rossiyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonliklar hujjatlarni yangi ochilgan filialda to‘ldirishi mumkin. Fuqaro Rossiyaga yetib borgach, soddalashtirilgan tartibda patentni oladi.
Shuningdek, filialda kasbiy malakani baholash, ish beruvchi bilan suhbat tashkil etish, bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risida ma’lumot taqdim etish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatiladi.
KTMM filialining manzili
Yashnaobod tumani, Parkent ko‘chasi, 331. “Ishga marhamat” monomarkazi
Ta’kidlanishicha, birinchi bosqichda filial Moskva kompaniyalari uchun tashkillashtirilgan tanlovni amalga oshirish bilan shug‘ullanadi. Keyinchalik yakka tartibda migrantlar qabul qilinadi.
KTMMda mehnat migrantlari Rossiya Federatsiyasi hududida vaqtni tejash uchun kerakli hujjatlar to‘plamini oldindan to‘plab, rasmiylashtirishi mumkin. Patentni olish va uning uchun to‘lov Rossiyaga kelganidan keyin amalga oshiriladi.