AQShda 21-yoshli fuqaro 8 kishini otib o‘ldirdi

Atlantada 21-yoshli fuqaro sakkiz nafar osiyolik ayollarni otib o‘ldirdi.
Sputnik
TOShKENT, 17 mar - Sputnik. AQShing Jorjiya shtatida massaj salonlarga uyushtirilgan hujum oqibatida 8 kishi otib o‘ldirildi, deb xabar qilmoqda Associated Press nashri.
Qotilliklar seshanba kuni kechqurun Atlanta shahrida joylashgan ikkita SPA-salonda va shahar chetida joylashgan yana bitta SPA-salonda sodir bo‘lgan. Qurbonlarning barchasi ushbu salonlarda ishlaydigan osiyolik ayollar bo‘lgan.
Politsiya ushbu jinoyatlar izidan Vudtoklik Robert Aaron Long ismli 21-yoshli fuqaroni qo‘lga olgan. Uning avtomobili jinoyat sodir etilgan joylarning barchasida videokameralarda qayd etilgan.
AP xabarida aytilishiga ko‘ra, ushbu jinoyatlar irqchilik sababli amalga oshirilgan bo‘lish ehtimoli bor. Chunki so‘nggi vaqtlarda AQShda osiyoliklarga nisbatan amalga oshirilayotga hujumlar soni keskin oshgan. Ayniqsa 2020-yilning mart oyidan boshlab, deyilgan xabarda.
Sotrudniki pravooxranitelnix organov na meste prestupleniya u spa salona
Eslatib o‘tamiz, Koronavirus pandemiyasi boshlanganida AQSh prezidenti Donald Tramp ushbu pandemiya kelib chiqishida to‘g‘ridan - to‘g‘ri Xitoyni ayblagan, koronavirusni "xitoy virusi" deb atagan edi.