Toshkentda ko‘ptarmoqli Saxarova migratsiya markazi vakolatxonasi ochildi

16 mart kuni Toshkent shahrida Moskvadagi "Saxarova nomidagi ko‘ptarmoqli migratsiya markazi vakolatxonasi tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Sputnik
TOShKENT, 16 mar - Sputnik. 16-mart kuni Toshkentda "Ko‘p tarmoqli migratsiya markazi" Moskva davlat budjet muassasasi vakolatxonasi ochildi.
Tantanali ochilish marosimida O‘zbekiston bosh vazirining maslahatchisi Mehriddin Hayriddinov, Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Husanov; mehnat vazirining birinchi o‘rinbosari Erkin Muhitdinov, Moskva hukumati vaziri, Iqtisodiy siyosat va Moskva shahri taraqqiyoti departamenti rahbari Kirill Purtov, ko‘ptarmoqli migratsiya markazi filiali bosh direktori Sergey Baldin va boshqalar ishtirok etishdi.
Toshkentdagi ko‘ptarmoqli migratsiya markazi vakolatxonasi rahbari etib Rajavali Xaitov tayinlangan.
Toshkent shahrining Yashnobod tumanidagi "Ishga marhamat" monotsentrining binosida, O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi tashkilot Rossiyaga vaqtincha ishlash uchun ketayotgan mehnat migrantlariga jo‘nab ketish oldidan kasbiy va psixologik tayyorgarlik bo‘yicha xizmatlarni ko‘rsatadi.
Ko‘ptarmoqli migratsiya markazida RFda ishlash uchun patentni rasmiylashtirish xizmatlari ko‘rsatiladi.
Bundan tashqari Mehnat vazirligi va Rossiya xalqlar do‘stligi universiteti o‘rtasida tuzilgan bitim bo‘yicha ko‘ptarmoqli migratsiya markazida ishchi kasblar bo‘yicha rus tilini o‘qitish, shuningdek, rus tili, tarixi va RF qonunchiligi bo‘yicha patent olish uchun imtihonlarni o‘tkazish ishlari amalga oshiriladi.