Toshkentda koronavirus tufayli ayrim maktablar yana yopilmoqda

XTV ota-onalardan farzandlarining sog‘ligini ta’minlash va "Onlayn maktab" loyihasi doirasida efirga uzatiladigan darslarni kuzatib borishda amaliy yordam berishlarini so‘radi.
Sputnik
TOShKENT, 16 mar - Sputnik. Koronavirus tarqalishini oldini olish maqsadida Toshkent shahridagi ayrim maktablarda o‘qish masofaviy shaklga o‘tkazilmoqda. Xalq ta’limi vazirligi xabariga asosan.
Hududlar rahbariyatining koronavirus tarqalishini oldini olishga qaratilgan choralarni joriy etish bo‘yicha vakolatini inobatga olib koronavirusning keng tarqalishini oldini olish maqsadida Toshkent shahrining ayrim maktablarida o‘qish bosqichma-bosqich masofaviy shaklga o‘tkazilmoqda, - deyilgan xabarda.
Masofaviy shaklga o‘tadigan maktablar to‘g‘risidagi ma’lumotlar maktab rahbariyati tomonidan ota-onalarga sinf rahbarlari tomonidan yetkazib boriladi.
Toshkentda karantin talablariga rioya qilinishi qat’iy nazoratga olinadi
Xalq ta’limi vazirligi ota-onalardan farzandlarini uydagi havfsizligi va sog‘ligini ta’minlagan holda ularni "Onlayn maktab" loyihasi doirasida efirga uzatiladigan darslarni kuzatib borishlarida amaliy yordam berishlarini so‘raydi.
Eslatib o‘tamiz, kecha 15-mart kuni Toshkent shahar hokimi va shahar koronavirus shtabi rahbari ishtirokida o‘tgan yig‘ilishda, poytaxtda koronavirus tarqalishi bo‘yicha vaziyatni qattiq nazoratga olish, shaharning barcha tumanlari, mahallalari, ish joylari va ta’lim maskanlari, shuningdek, aholi ko‘p to‘planadigan bozorlar va savdo markazlari, jamoat transportlarida amaldagi karantin tartib-qoidalariga to‘liq rioya qilinishini ta’minlash muhimligi ta’kidlangan edi.