TOShKENT, 16 mar - Sputnik. Vaksinalash jarayonini boshdan kechirgan qozog‘istonliklar o‘zlarini yaxshi his qilishmoqda, organizmning vaksinaga salbiy ta’sirlari qayd etilmadi , deb xabar qildi Qozog‘iston bosh vaziri Askar Mamin.
Ayni vaqtda Qozog‘istonda Rossiyaning "Sputnik V" vaksinasi bilan emlash jarayonlari o‘tkazilmoqda.
Ilk 22 ming doza vaksina Rossiyadan Qozog‘istonga yetkazilgan va shundan so‘ng Karagandadagi farmatsevtika majmuasida ushbu vaksinani ishlab chiqarish ishlari yo‘lga qo‘yilgan edi.
Sal avval Qozog‘iston sog‘liqni saqlash vaziri Aleksey Soy mamlakatda "Sputnik V" vaksinasi bilan emlanganlar soni 76 ming kishidan oshganligi haqida xabar qilgandi.
Rossiyaning "Sputnik V" vaksinasi 2020-yilning avgustida ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Preparat Gamaleya nomidagi epidemiologiya va mikrobilogiya milliy tadqiqot markazi tomonidan ishlab chiqilgan. Vaksina COVID-19 ga qarshi profilaktika uchun yaratilgan dunyodagi birinchi preparatdir. "Sputnik V" o‘rganilgan va tekshirilgan inson adenovirusli vektorlari platformasi asosida yaratilgan.
Klinik tadqiqotlar davomida vaksinaning yuqori samardorligi va xavfsizligi o‘z isbotini topgan. Shu vaqtgacha dunyoning 40dan ortiq mamlakatlari "Sputnik V"ni qo‘llashni ma’qulladi.