TOShKENT, 16 mar — Sputnik. Qirg‘iziston hukumati O‘zbek-Qirg‘iz taraqqiyot jamg‘armasi tuzilishining ayrim tafsilotlarini oshkor qildi, deb xabar qildi Sputnik Qirg‘iziston.
Vazirlar mahkamasi matbuot xizmati bu fond to‘g‘risidagi bitim o‘tgan hafta Sadir Japarovning O‘zbekistonga davlat tashrifi chog‘ida imzolanganini ma’lum qildi.
Jamg‘arma iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va rivojlantirish maqsadida tashkil etildi. Vazifalar, funksiyalar, tuzilishi va ishlash tartibi, boshqaruv organlarining vakolatlari nizomda belgilanadi. Jamg‘armaning bosh qarorgohi Bishkek shahrida joylashgan bo‘ladi.
Jamg‘arma ikki davlat iqtisodiyotlarining ustuvor sohalaridagi o‘zini o‘zi qoplaydigan loyihalarga kreditlar berish, xo‘jalik yurituvchi subyektlarni moliyalashtirish rejalashtirilgan.
Jamg‘arma quyidagi sohalarda investitsiya berish ko‘zda tutilgan:
agrosanoat kompleksi;
tikuvchilik va to‘qimachilik sanoati;
ishlab chiqarish sanoati;
kon-metallurgiya sanoati;
transport;
uy-joy qurilishi;
savdo;
tadbirkorlikni rivojlantirish;
energetika kompleksi;
infratuzilmani rivojlantirish;
turizmni rivojlantirish.
Jamg‘armaning ustav kapitali 50 million dollarni tashkil etadi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya-Qirg‘iziston taraqqiyot jamg‘armasi Qirg‘izistonda 2014-yildan beri faoliyat ko‘rsatmoqda.