Navoiylik yosh qiz qarz evaziga Turkiyada sotib yuborildi

23 yoshli qizni Turkiyada qarzi evaziga sotib yuborgan ayol ustidan jinoiy ish ochildi.
Sputnik
TOShKENT, 16 mar — Sputnik. Toshkent shahar Yakkasaroy tumanida yashovchi ayol navoiylik yosh qizni Turkiyada sotib yubordi.
Navoiy viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, 52 yoshli ayol Q.M 23 yoshli qiz M.G‘.ni dastlab Toshkent shahrida joylashgan savdo do‘konlarida ish va’da qilib, aldab olib ketgan. Biroq buning o‘rniga o‘tgan yilning oktabrida Toshkent xalqaro aeroporti orqali Turkiyaga olib chiqib ketgan. Keyin qarzi evaziga qizni Turkiyada yashovchi fuqarolarga sotib yuborgan.
Qizlarni fohishalik qilish uchun Turkiyaga jo‘natgan ayol qo‘lga tushdi
Navoiy viloyati IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi 2-qismi “z” bandi (Jabrlanuvchini O‘zbekiston davlat chegarasidan olib o‘tgan holda yoki uni chet elda qonunga xilof ravishda ushlab turgan holda) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atgan
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.