Lotin yozuviga asoslangan yangi o‘zbek alifbosi tayyorlandi

“Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida”gi Qonuniga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi tayyorlandi.
Sputnik
TOShKENT, 16 mar — Sputnik. O‘zbekiston Fanlar akademiyasi “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida”gi Qonuniga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasini tayyorladi.

Qonun bilan O‘zbekiston Respublikasida lotin yozuviga asoslangan, 28 harf va 1 ta harflar birikmasidan iborat o‘zbek alifbosi joriy etiladi.

Hujjatga ko‘ra, qonundan ko‘zlangan maqsad mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotining barcha sohalarida lotin alifbosiga asoslangan o‘zbek alifbosidan to‘liq va to‘g‘ri foydalanishga erishish, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini, imlo qoidalarini yanada takomillashtirish va yangi yozuvga to‘liq o‘tishni ta’minlash, o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi hamda jahon miqyosidagi mavqeyini mustahkamlash va davlat tilining amaliyotga keng joriy etilishini ta’minlashga qaratilgan.
V uzbekskiy alfavit vnesut izmeneniya
Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida”gi 931-XII-sonli Qonunining 1-moddasiga o‘zgartirish kiritish ko‘zda tutilgan.
Eslatib o‘tamiz, 10-fevralda hukumat qarori bilan Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash bo‘yicha “yo‘l xaritasi” tasdiqlangandi.