Atlantikadagi Rossiya floti AQShni qo‘rqitib yubordi: NATO blokada haqida o‘ylamoqda

Rossiya harbiy dengiz flotining Atlantika okeanida faolligi AQSh va uning NATOdagi ittifoqchilarini qo‘rqitib yubordi. G‘arbiy harbiy amaldorlarning fikriga ko‘ra, Rossiya HDF mintaqadagi xavfsizlikka tahdid solmoqda.
Sputnik
"AQSh qirg‘oqlarida tobora ko‘proq paydo bo‘layotgan" Rossiya suvosti kemalari va kelgusi yilda Rossiya HDF qurollanadigan yangi "Sirkon" gipertovushli raketasi ayniqsa Pentagonni tashvishga solmoqda.
AQSh harbiylari bu raketa bilan qurollangan suvosti kemalari AQSh aksariyat qismida quruqlikdagi nishonlarga zarba bera olishidan qo‘rqishmoqda. "Sirkon" ular uchun mushkul vazifa bo‘lib qoladi.
Buning uchun AQSh va NATO Rossiya harbiy kemalarining AQSh va uning ittifoqchilari qirg‘oqlariga yaqinlashishi oldini olish yo‘lini izlamoqdalar. AQSh va NATO harbiy amaldorlariga kelgan g‘oyalardan biri – blokada. Biroq, bu variant urush e’lon qilish bilan barobardir.