TOShKENT, 15 mar — Sputnik. O‘zbekiston maktablarida bahorgi ta’til 20-martdan boshlanadi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Ta’kidlanishicha, prezident farmoniga muvofiq 20-mart — shanba kuni barcha xodimlar uchun ish haftasining turidan qat’iy nazar dam olish kuni hisoblanadi.
“Shu munosabat bilan, 20-mart kuni 2020-2021 o‘quv yilining bahorgi ta’tilining birinchi kuni hisoblanadi. Bahorgi ta’til 20-martdan 28-martgacha davom etadi”, - deyilgan xabarda.
Barcha maktablarda 29-martdan o‘quv yilining 4-choragi boshlanadi.
20 mart kuni yuqori sinflarga belgilangan dars soatlari 4-chorakda tig‘izlashgan holda o‘tkaziladi.