“Toshshahartransxizmat” aholiga ogohlantirish bilan chiqdi

“Toshshahartransxizmat” AJ jamoat transportidan foydalanganda yo‘lovchilarning tibbiy niqobda bo‘lishlari shartligini eslatdi.
Sputnik
TOShKENT, 15 mar — Sputnik. “Toshshahartransxizmat” AJ poytaxt aholisiga murojaat qilib, karantin talablariga rioya qilish zarurligini eslatdi.
“Shahar jamoat transportidan foydalanganda yo‘lovchilarning tibbiy niqobda bo‘lishlari, shuningdek, belgilangan karantin talablari va sanitariya meyorlariga qat’iy amal qilishlari talab etiladi”, - deyilgan xabarda.
Jamoat transportida “Toshshahartransxizmat” AJ tomonidan doimiy ravishda kuchaytirilgan tartibda nazorat tadbirlari o‘tkazib boriladi.
So‘nggi kunlarda O‘zbekistonda COVID-19 bilan kasallanish ko‘paymoqda: Toshkent mutlaq yetakchi
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev mas’ullarga shaharda aholining karantin talablariga to‘liq rioya etishini nazoratga olish bo‘yicha topshiriq va ko‘rsatmalar bergan edi.
So‘nggi kunlarda Toshkent shahrida koronavirus bilan kasallanish ko‘payotgani kuzatilmoqda. 14-mart kuni O‘zbekiston bo‘ylab 111 ta yangi holat aniqlangan, shundan 93 tasi poytaxtga to‘g‘ri kelmoqda.