TOShKENT, 15 mar — Sputnik. Samarqand viloyati Payariq tumanida ikki bolani qasddan o‘ldirib, yoqib yuborgan ayol qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat prokuraturasi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Xabarda yozilishicha, 2021-yil 14-mart kuni Payariq tumani A.Navoiy mahallasida yashovchi M.T. ariza bilan murojaat qilib, unda 13-mart kuni voyaga yetmagan 2007-yil va 2013-yilda tug‘ilgan farzandlari yashash uyidan noma’lum tomonga chiqib ketganini bildirgan. Bedarak yo‘qolgan farzandlarini topishda amaliy yordam berishni so‘ragan.
Tezkor qidiruv tadbirlari natijasida Payariq tumani A.Navoiy mahallasidagi hovlidan voyaga yetmaganlarning murdasi qasddan o‘ldirilib, keyin yoqib yuborilib, ko‘milgan holatda topilgan.
V Samarkande jenshina jestoko ubila dvoix detey, stavshix svidetelyami yee prestupleniya
Aniqlanishicha, 13-mart kuni O.T. tanishi M.T.ning uyiga o‘g‘rilikka kirib, xonadonda pul va qimmatli buyumlarni qidirayotgan vaqtida M.T.ning farzandlari maktabdan kelib qoladi va uning o‘g‘riligiga guvoh bo‘lib qoladi.
O.T. o‘z jinoyatini yashirish va voyaga yetmaganlarni qasddan o‘ldirish o‘zining uyiga aldab olib boradi. Hovlisi o‘rtasidagi belkurak bilan dastlab voyaga yetmagan A.T.ning bosh va bo‘yin qismiga, keyin unga yordam bermoqchi bo‘lgan akasi S.T.ni urib, tan jarohati yetkazadi. Bolalar bundan vafot etishadi.
Shundan so‘ng ayol ushbu qotillik jinoyatini yashirish maqsadida voyaga yetmaganlarning murdasini hovli yerida 50 sm. chuqur qazib, chuqurga tashlab yuboradi. G‘o‘zapoya va yog‘och taxtalar yordamida tanalarini yoqib yuborib, murda qoldiqlarini ko‘mib tashlaydi.
V Samarkande jenshina jestoko ubila dvoix detey, stavshix svidetelyami yee prestupleniya
Sud-tibbiy ekspertizasining dastlabki ma’lumotnomasiga ko‘ra, marhum voyaga yetmagan S.T.ning o‘limi orqa miyani kalla asosi va birinchi bo‘yin umurtqasi oralig‘idan uzilishi, orqa miyaning lat yeyishi, marhum voyaga yetmagan A.T.ning o‘limi esa kalla asos va gumbaz suyaklarining sinishi, bosh miya pardalari ostiga va to‘qimasiga qon quyilishi, bosh miyaning lat yeyishi oqibatida kelib chiqqanligi ko‘rsatilgan.
Mazkur holat yuzasidan JKning 97-moddasi 2-qismi “a, v, j, o”(Qasddan odam o‘ldirish) bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Gumonlanuvchi O.T. qo‘lga olingan.
Viloyat prokurori jinoyat ishi tergovini shaxsan nazoratga olgan.