Qayd etish joizki, koronavirus pandemiyasi sabab yuzaga kelgan bir yillik tanaffusdan so‘ng sinovlar yana nomzodlarning bevosita ishtirokida bo‘lib o‘tdi. Test sinovlari Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universitetida tashkil etildi. Omadini sinash va Rossiya OTMlariga kirish uchun respublikaning turli burchaklaridan ikki mingdan ziyod kishi keldi. Imtihonlarni respublikaga Rossiyaning 22 ta oliygohlaridan tashrif buyurgan 32 nafar mutaxassislar qabul qilishdi. Ular aynan shu imtihonlar uchun O‘zbekistonga kelishgan edi.
© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Saralash bosqichini ikki mamlakat idoralarining yaxshi yo‘lga qo‘yilgan ishlari tufayli muvaffaqiyatli o‘tkazishga erishildi. Loyiha O‘zbekistondagi Rossotrudnichestvo vakolatxonasi, respublikadagi Tatariston vakolatxonasi, Rossiya elchixonasi va “Rosatom” davlat korporatsiyasi vakolatxonasi ko‘magida amalga oshirilgan. Tashkiliy ishlarda O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus vazirligi ko‘maklashgan.
Rossiya 2021-yilda o‘z oliygohlarida xorijlik talabalar uchun bepul kvotalar sonini ko‘paytirdi. Endilikda 405 nafargacha o‘zbekistonlik budjetga hujjat topshirishi mumkin, kelajakda bu yana ko‘paytirilishi mumkin.
Rossotrudnichestvo vakolatxonasi Toshkentga turli sabablarga kela olmagan va sinovlarda qatnasha olmaganlar uchun qo‘shimcha test kunini belgilash imkoniyati ko‘rib chiqilayotganini ta’kidladi. Batafsil ma’lumot tashkilotning rasmiy saytiga joylashtiriladi.
Studenti na leksii.
© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan abituriyentlar 22 ta Rossiya OTMlaridan biriga o‘qishga kirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ular orasida Barnaul, Yekaterinburg, Yoshkar-Ola, Kaliningrad, Kursk, Moskva, Novosibirsk, Novocherkassk, Pskov, Stavropol, Tomsk, Tumeni, Ufa va Xabarovskdagi oliygohlar bor.Imtihon natijalarini rossiyalik mutaxassislar tekshiradi, baholash tizimi esa mutlaqo shaffof bo‘ladi.
Ta’kidlash joizki, nafaqat yoshlar ilm olish ishtiyoqida: sinovlarga kelganlar orasida 54 yoshli abituriyent ham bor edi. U meteorolgiya sohasida oliy ma’lumot olmoqchi. Axir “beshikdan qabrgacha ilm izla” deb bekorga aytishmagan.
Kirish imtihonlari qanday bo‘lib o‘tgani Sputnik lavhasida.