TOShKENT, 14 mar — Sputnik. 50 ta mamlakat harbiy attashelari hamda ularning oila a’zolari koronavirusga qarshi Rossiyaning “Sputnik V” vaksinasi bilan emlandi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vaziri Xalqaro harbiy hamkorlik Bosh boshqarmasi (XHH BB) boshlig‘i Aleksandr Kshimovskiy “Zvezda” telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
50 mamlakat harbiy attashelari hamda ularning oila a’zolari – jami 300 nafarga yaqin kishi – ham o‘z tadbirlari, ham biror bir xalqaro muzokaralarni xavfsiz o‘tkazish maqsadida emlash tadbirlarini o‘tkazishga qaror qilishdi.
Rossiya armiyasida “Sputnik V” bilan ommaviy emlash ishlari olib borilmoqda. Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 13-mart holatiga ko‘ra qo‘shinlardagi 389 mingdan ziyod harbiylar emlangan.