O‘zgidromet: bugun O‘zbekistonda qishning ta’siri yana seziladi

Bugun respublika hududlarida kunning birinchi yarmida ba’zi joylarda qor yog‘adi.
Sputnik
TOShKENT, 14 mar — Sputnik. O‘zgidromet 14-mart kuni kunduzi O‘zbekistonda qishning ta’siri yana sezilishidan ogohlantirdi.
Respublika hududlarida kunning birinchi yarmida ba’zi joylarda qor yog‘adi. Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha, Farg‘ona vodiysida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 2° sovuq-3° iliqgacha, shimolda 2-7° sovuqgacha pasayadi.
Xorazmda kuchli shamol va tinimsiz qor: elektr tarmoqlariga katta zarar yetdi
Poytaxtda kunning birinchi yarmida qor yog‘adi. Shamol 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 2° iliqdan oshmaydi.
Respublikaning tog‘li hududlarida qor yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi. Havo harorati 3-8° sovuq bo‘ladi.