TOShKENT, 14 mar — Sputnik. O‘zbekistondan Qirg‘izistonga 20 ta tez yordam mashinasi olib kelindi, deb xabar qilmoqda Sputnik Qirg‘iziston agentligi.
V Kirgizstan postupili 20 karet skoroy pomoshi, podarennie Uzbekistanom
© Sputnik / Zulfiya Turgunova
Eslatib o‘tamiz, 11-12 mart kunlari Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘ldi. Tashrif doirasida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va uning qirg‘izistonlik hamkasbi Toshkent shahridagi texnoparkka tashrif buyurdi. O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan transport vositalarini ko‘zdan kechirish davomida Shavkat Mirziyoyev Qirg‘izistonga O‘zbekiston xalqi nomidan “Volkswagen Caddy” va “Isuzu D-Max” rusumli 20 ta tez yordam mashinalari sovg‘a qilinganligini ma’lum qildi.
V Kirgizstan postupili 20 karet skoroy pomoshi, podarennie Uzbekistanom
© Sputnik / Zulfiya Turgunova
13 mart kuni “Do‘stlik” nazorat o‘tkazish punkti orqali Qirg‘izistonga ushbu yordam mashinalari olib o‘tilgan. Avtomobillarni O‘sh hokimi Taalaybek Saribashov va boshqa mutasaddilar qarshi olgan.
V Kirgizstan postupili 20 karet skoroy pomoshi, podarennie Uzbekistanom
© Sputnik / Zulfiya Turgunova