Jo Bayden Shavkat Mirziyoyevni Navro‘z bilan tabrikladi

Maktubda O‘zbekiston rahbari va xalqiga eng ezgu tilaklar izhor etilgan
Sputnik
TOShKENT, 13 mar - Sputnik. AQSh prezidenti Jozef Bayden O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Navro‘z bilan tabrikladi.
Maktubda davlat rahbari va O‘zbekiston xalqiga eng ezgu tilaklar izhor etilgan.
Afg‘onistonda tinchlik jarayonini qo‘llab-quvvatlash borasidagi birgalikdagi ishlar qayd etilib, Bayden administratsiyasi keyingi yillarda O‘zbekistonda erishilgan muvaffaqiyatlarni davom ettirish uchun hamkorlik qilishga tayyorligi bildirilgan.