TOShKENT, 13 mar - Sputnik. Uzbekistan Airways mahalliy va xalqaro yo‘nalishlarda parvozlar sonini ko‘paytirmoqda.
Xususan, joriy yilning 13-mart sanasidan boshlab Termiz shahriga amalga oshiriluvchi parvozlar soni ko‘paytirildi.
Mazkur yo‘nalishda reyslar haftaning dushanba, chorshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi.
2021 yilning 28-mart sanasidan e’tiboran Samarqand shahridan quyidagi yo‘nalishlarda parvozlar amalga oshirilishi boshlanadi:
HY 049 Samarqand – Urganch 11:50/13:05
HY 050 Urganch – Samarqand 13:55/15:05
HY 087 Samarqand – Farg‘ona 15:55/16:55
HY 088 Farg‘ona – Samarqand 17:45/18:50
HY 047 Samarqand – Namangan 08:05/09:05
HY 048 Namangan – Samarqand 09:55/11:00
Shuningdek, joriy yilning 28-mart sanasidan Urganch – Istanbul – Urganch yo‘nalishida yangi muntazam qatnov yo‘lga qo‘yiladi.
Mazkur yo‘nalishda parvoz haftaning yakshanba kunlari bajariladi.
HY 279 Urganch – Istanbul 09:30/11:50
HY 280 Istanbul – Urganch 13:20/19:05
29 martdan boshlab esa Samarqand shahridan Turkiyaning Istanbul shahriga muntazam reyslar qayta yo‘lga qo‘yiladi.
Ushbu yo‘nalishda haftasiga uch marotaba dushanba, chorshanba va juma kunlari parvozlar amalga oshiriladi:
HY 275 Samarqand – Istanbul 20:05/23:05
HY 276 Istanbul – Samarqand 00:35/06:50
30 martdan esa Gruziya bilan muntazam reyslar qayta tiklanadi.
“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi haftada ikki marotaba Toshkent – Tbilisi –Toshkent yo‘nalishida qatnovlarni amalga oshiradi.
HY 745 Toshkent – Tbilisi 16:10/18:30 (seshanba kunlari)
HY 746 Tbilisi – Toshkent 19:30/23:30
HY 745 Toshkent – Tbilisi 20:40/23:00 (juma kunlari)
HY 746 Tbilisi – Toshkent 00:30/04:30
Eslatib o‘tamiz, "Uzbekistan Airways" AJ kompaniyaning rasmiy veb - sayti www.uzairways.com orqali chiptalarni onlayn tarzda sotib olgan yo‘lovchilarga barcha tariflar bo‘yicha 3 % chegirmalar taqdim etadi.
Ushbu chegirma aviakompaniyaning barcha yo‘nalishlaridagi reyslariga nisbatan tadbiq etiladi.