Nursulton Ro‘ziboyev fransiyalik jangchini “slem” usuli bilan nokautga uchratdi

O‘zbekistonlik MMA jangchisi Nursulton Ro‘ziboyev fransiyalik Ibrohim Manega qarshi jang o‘tkazdi.
Sputnik
TOShKENT, 12 mar — Sputnik. MMA jangchisi Nursulton Ro‘ziboyev kecha o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazdi, deb xabar qildi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati.
Ro‘ziboyev Brave CF 47 turniri doirasida fransiyalik Ibrohim Manega qarshi jang olib bordi.
Jang uch raund bo‘lishi rejalashtirilgan edi, ammo birinchi raundayoq o‘z yakuniga yetdi.
Nursulton Ro‘ziboyev teykdaun holatiga tushib qolishiga qaramay, “slem” uslubini qo‘llab, raqibini nokautga uchrata oldi.