TOShKENT, 11 mar — Sputnik. Toshkent shahar IIBB Mirzo Ulug‘bek va Yakkasaroy tumanlarida oltita o‘g‘irlik jinoyatini sodir etishda gumon qilinayotgan shaxsni qidirmoqda.
Ma’lum qilinishicha, qidirilayotgan shaxs 1993-yilda tug‘ilgan, muqaddam bir necha marotaba sudlangan Meliqo‘ziyev Javohir Jahongirovich.
GUVD raziskivayet podozrevayemogo v sovershenii serii kvartirnix kraj
© GUVD g. Tashkenta
Gumon qilinuvchi xonadonlarga eshik qulfini buzib kirib, tilla taqinchoqlarni o‘g‘irlagani, so‘ng ularni “Qo‘yliq” bozorida sotgani aytilmoqda.
Hurmatli Toshkent shahri aholisi va mehmonlari! Agarda siz J.Melikuziyev haqida biror ma’lumotga ega bo‘lsangiz yoki unga o‘xshash shaxsni ko‘rsangiz, +998998487577 yoki +998977104994 raqamlari orqali xabar berishingizni so‘raymiz.