Toshkent markazida ikkita mashina yonib ketdi

YTH oqibatida hech kim jabrlanmagan, haydovchilar o‘z vaqtida mashinadan chiqib ketishga muvaffaq bo‘lishgan.
Sputnik
TOShKENT, 11 mar — Sputnik. Toshkent shahridagi Sh.Rustaveli ko‘chasida “Neksiya-3” va “Spark” rusumli avtomashinalar ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
Favqulodda vaziyat vazirligi xabariga ko‘ra, YTH 10-mart kunidan 11-mart kuniga o‘tar kechasi ro‘y bergan. To‘qnashuvdan so‘ng ikkala mashinada ham yong‘in kelib chiqqan.
Ta’kidlanishicha, hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan, haydovchilar o‘z vaqtida mashinadan chiqib ketishga muvaffaq bo‘lishgan.
Jizzaxda mudhish YTH: ikki kishi tiriklayin yonib ketdi
Bir necha daqiqadan so‘ng yong‘in sodir bo‘lgan joyga Toshkent shahar FVBning yong‘in-qutqaruv guruhlari yetib kelgan. Yong‘in uch daqiqadan kamroq vaqt ichida bartaraf etilgan.